O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasi oldidan Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi. Uchrashuv 15-iyul kuni Fransiyada bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egallab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)