Ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinalariga yo‘l bermaganlarga qarshi reyd ketayotgani xususida videolavhalar tarqaldi.
Toshkent shahar YHXB axborot xizmatining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, chindan ham tez yordam mashinalariga yo‘l bermagan haydovchilarga qarshi kuchaytirilgan reyd boshlangan.
Tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, tekshiruvlar natijasida haydovchilar jarimaga tortilmoqda.
Maʼlumot uchun, Toshkentda 2024-yilning besh oyida YTH oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, 364 nafar fuqaro jarohatlangan.
Izoh (0)