O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniya, Kolumbiya hamda Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazirning Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuret bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Shuningdek, Kolumbiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ektor Isidro Arenas Neyra bilan ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, ishbilarmonlik, siyosiy, madaniy hamkorlikni hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirish muhimligi taʼkidlangan.
Baxtiyor Saidovning maʼlum qilishicha, Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuvda oliy darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, barcha sohalarda yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Izoh (0)