Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston boks terma jamoasi 21-iyun kuni o‘z ishtirokini o‘tkazdi. 13 nafar bokschi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarildi.
+92 kg vazn toifasida harakat qilgan Bahodir Jalolov rossiyalik David Surovni mag‘lub etdi.
21-iyun kun natijalariga ko‘ra quyidagi bokschilar finalga yo‘l oldi:
- -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
- -54 kg: Shahzod Muzafarov
- -57 kg: Hudoynazar Fayzov
- -60 kg: Dilshod Abdumurodov
- -67 kg: Shavkatjon Boltaev
- -71 kg: Havasbek Asadullayev
- -75 kg: Javohir Ummataliyev
- -80 kg: To‘rabek Habibullayev
- -92 kg: Madiyar Saydrahimov
- +92 kg: Bahodir Jalolov
- -54 kg: Nigina O‘ktamova
- -75 kg: Aziza Zokirova
Bronza medallariga ega chiqqan o‘zbekistonliklar:
- -51 kg: Asilbek Jalilov
- -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
- -86 kg: Shohjahon Abdullayev
- -52 kg: Feruza Kazakova
- -57 kg: Sitora Turdibekova
- -63 kg: Dilfuza Bekova
- -70 kg: Mavluda Movlonova
- -81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Ertaga musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)