Rossiya turli uyushmalar, jumladan, NATO bilan Yevrosiyoda xavfsizlik tizimini yaratish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin xabar berdi.
Biz Yevrosiyoda teng va ajralmas xavfsizlikni taʼminlash masalalarni keng xalqaro muhokama qilishga tayyormiz: Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH, YevrAzES, BRIKS va boshqa xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa va NATO davlatlaridagi hamkasblarimiz bilan ham, — dedi Rossiya rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya armiyasi Ukrainadagi harbiy amaliyotlar davomida to‘plangan ilm-fan va tajribaga asoslangan holda takomillashishda davom etadi. Putin, shuningdek, Yevrosiyo mamlakatlari o‘z xavfsizligini taʼminlash masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini o‘zlari belgilashi, faoliyat yurituvchi institutlar, mexanizmlar va kelishuvlar tizimini yaratishi zarurligiga ishonch bildirgan.
Yevrosiyo mamlakatlarida yangi xavfsizlik tizimining muhim qismi sifatida Putin iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash, qashshoqlikka qarshi kurash, tengsizlikni bartaraf etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazolar bilan bog‘liq masalalarni sanab o‘tgan.
Izoh (0)