Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining D guruhida Polsha va Avstriya terma jamoalari 21-iyun, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Trauner hisobni ochdi. 30-daqiqada esa Piatek hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limni avstriyaliklar faolroq boshladi. 66-daqiqaga kelib, Baumgartner ajoyib hujumni gol bilan yakunladi. 78-daqiqada Marko Arnautovich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va Avstriya 3:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Yevro—2024
2-tur
21-iyun, juma
Polsha – Avstriya 1:3
Gollar: 0:1 – 9 Trauner, 1:1 – 30 Piatek, 1:2 – 66 Baumgartner, 1:3 – 78, penal'ti Arnautovich.
Polsha: Shchensni, Davidovich, Bednarek, Kiver, Frankovski, Zalevski, Zelin'ski, Petrovski (Moder, 46), Slish (Grosiski, 75), Buksa (Sviderski, 60), Piatek (Levandovski, 60).
Avstriya: Pents, Posh, Trauner (Danzo, 59), Linxart, Mvene (Prass, 63), Zabitser, Laymer, Grillich (Vimmer, 46), Baumgartner (Shmid, 81), Zayvald, Arnautovich (Gregorich, 81).
Ooghlantirishlar: Slish (53), Vimmer (56), Moder (62), Levandovski (64), Arnautovich (70), Shchensni (77).
Izoh (0)