Toshkent metrosining “Yunus Rajabiy” bekatidagi poyezdda texnik nosozlik kuzatildi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Foto: Videodan kadr
Metropoliten ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 7-yanvar kuni soat 16:05 da “Yunus Rajabiy” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 63-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik sodir bo‘lgan.
Mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezddagi yo‘lovchilar “Yunus Rajabiy” bekatiga tushirilgan hamda harakat tarkibi texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi uchun tekshiruv yo‘lagi tomon olib ketilgan.
Shundan so‘ng, ortdan kelgan boshqa harakat tarkibi bekatdagi yo‘lovchilarni manzillariga olib borgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Izoh (0)