Maldiv orollari bosh prokurori Husayn Shamimga ko‘chada hujum uyushtirildi. Bu haqda mahalliy OAV prokuratura vakiliga tayanib xabar berdi.
Hodisa 31-yanvar kuni ertalab sodir bo‘lgan. Hujumdan so‘ng Husayn Shamim kasalxonaga yotqizilgan, uning yelkasi yaralangani, shuningdek, chap son suyagi singani xabar qilinmoqda.

“Shamim minomyotdan o‘qqa tutildi. U velosipedidan tushib, uyga kirayotganda hujum sodir etilgan, oqibatda chap yelkasidan yaralangan”, — deyiladi politsiya xabarida.
Qayd etilishicha, hujum sodir qilgan shaxsni qo‘lga olishning iloji bo‘lmagan. Uning shaxsi hali ham aniqlanmagan. Hozirda aybdorni izlash ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)