Germaniya huquq-tartibot idoralari xodimlari Saksoniyada jinoyatchilardan 50 ming bitkoin musodara qildi.
“Drezden Bosh prokuraturasi, Saksoniya davlat jinoiy boshqarmasi va Leyptsig soliq boshqarmasi hamkorlikda o‘tkazgan operatsiya natijasida yanvar oyining o‘rtalarida 50 mingga yaqin bitkoin musodara qilindi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Tekshiruv Federal Jinoyat boshqarmasi va Myunxen sud-tibbiy kompaniyasi ko‘magida o‘tkazildi.
“Bu Germaniyada huquq-tartibot idoralari tomonidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan eng yirik bitkoinlarni musodara qilish operatsiyasi. Bitkoinlar gumonlanuvchilar ularni rasmiy hamyonlarga o‘z ixtiyori bilan o‘tkazganidan so‘ng musodara qilindi”, — deyiladi xabarda.
“Bitkoinlardan foydalanish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan”, — deya aniqlik kiritdi Saksoniya rahbariyati.
Izoh (0)