Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat armiyasining shaxsiy tarkibi 880 ming kishi ekanini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.
“Bizda 880 ming kishi bor. Millionlik armiyamiz bor. Shu bilan birga, bizda 30 million nafar odam bor, hozir aniqrog‘i 30 million nafari ishlayapti, balki undan ham ko‘proq. Men aniq raqamni ayta olmayman”, — dedi Zelenskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda urush boshidan beri qancha odam mamlakatni tark etgani nomaʼlum, ammo bu taxminan 6,5-7,5 million kishini tashkil etadi.
Avvalroq Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu fransuz yollanma askarlari Kiyev tomonida jang qilayotganini tan olgandi. U Fransiya fuqarolariga buni taqiqlay olmasligini bildirdi.
Izoh (0)