Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida “Farg‘ona suv taʼminoti” xodimiga tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Farg‘ona suv taʼminoti”ning Buvayda tuman bo‘limi xodimlari “Qoratepa” MFYda yashovchi T.K.ning yashash xonadoniga qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Ammo T.K. va uning ukasi N.K. suv taʼminoti xodimlarini haqorat qilib, ularga tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan.
Holat yuzasidan yuqoridagi fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183,185 va 187-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda targovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)