• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Tan olish kerak, singlim mendan mahoratliroq” — jinlar taʼqibiga uchragan, otasiz ulg‘aygan va “bemaza qochirimlari” uchun tanqid qilinadigan Otabek Muhammadzohid 49 yoshda (foto, video)

    Otabek Muhammadzohid mashhur turk xonandasi Ibrohim Tatlisas nazariga tushgan birinchi o‘zbek xonandasi hisoblanadi. Ammo ijodda u qadar faol emas, sahna sari intilmaydigan xonandalar toifasiga kiradi. Xo‘sh, uning muvaffaqiyat siri nimada? Nega u boshqa ijodkorlar singari poytaxtga intilmaydi?

    “Bolalikda oila boshiga aylanganman”

    Otabek Muhammadzohid 1974-yilning 24-yanvar kuni Farg‘ona viloyatida hofiz Mamadali Mamazoitov xonadonida dunyoga kelgan. Bolalikdan uning sanʼatkor bo‘lishiga hech kim shubha qilmasdi. Chunki sanʼat uning qonida bor. Otasi o‘z davrida vodiyning mashhur hofizi bo‘lgan bo‘lsa, onasi sanʼatni tushunadigan madaniyat xodimi bo‘lib ishlardi. Xonanda oilada to‘ng‘ich farzand, uning Go‘zalxon va Gulsanam ismli singillari bor.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    — Sanʼatga qachon kirib kelganimni eslay olmayman. Chunki maktabga chiqmasimdan avval musiqa asboblarini chalishni bilardim. Onamning aytishicha, 4 yoshimdan akkordion va doira chalishni o‘rgangan ekanman. Bolalikda erka o‘g‘il farzand bo‘lganman. Chunki onam xonadonida ham, otamning uyida ham erka bosh o‘g‘il nabira edim. Ammo hayotda kutilmagan voqealar ko‘p bo‘larkan. Erka o‘g‘il bo‘lib ulg‘aydim-u, birdan hammasi o‘zgarib hayot “hamma erkaliklaringni yig‘ib sandiqqa solib qo‘y, endi oila boshi bo‘lding”, dedi.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    Maktabda faqat aʼlo baholarga o‘qiganman, to uni tamomlaguncha sinf sardori bo‘lganman. Oila boshi bo‘lgandan keyin masʼuliyatni his qilar ekan odam. Onam madaniyat uyida rahbar bo‘lgan, singillarimga o‘zim bosh bo‘lib o‘qishiga masʼul edim. Gulsanam ham haligacha “Sanʼatga qiziqishimga siz sababchi bo‘lgansiz”, deydi. Chunki singlimni o‘zini yolg‘iz uyda qoldirmaslik uchun musiqa maktabiga o‘zim bilan olib ketardim va orqa partada o‘tirib darsni eshitardi, — deydi Otabek Muhammadzohid.

    “To‘rt yil ko‘zimga bir nimalar ko‘rindi”

    Yetti yoshida xonandaning hayotida g‘alati voqea sodir bo‘ladi. Uning taʼsiri haligacha sezilishi va uni shifokorlar ham davolay olmaganini aytib o‘tdi.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    — Ko‘zingizni tez-tez yumasiz, asabiymisiz, deb ko‘p so‘rashadi. Aslida bu holat bolalikdan odat bo‘lib qolgan. Onam asli Andijonning Buloqboshi tumanidan Farg‘onaga kelin bo‘lib tushgan. Yozda xolamning uyiga tez-tez borardik. Ularning uyiga yaqin yerda qumloq yer bor edi. Odamlar u yerning qumidan devor suvashda foydalanardi. Bir kuni ayni peshin vaqtida mendan 3-4 yosh katta xolamning o‘g‘li va o‘rtog‘i qum olib kelishga ketayotgan ekan. Ularga qo‘shilib men ham qumloqqa bordim. Ko‘zimga ikkita ayiq bolalari ko‘rindi, ular bir-biri bilan o‘ynardi. “Muqim aka, ayiq bolalarini qarang, o‘ynashyapti”, dedim. Ular kulishdi va uyga qaytdik. Kechga borib birdan tobim qochdi, isitmalab ko‘zimga har xil narsalar ko‘rina boshladi. Tuni bilan uxlolmasdim, ko‘zimga ko‘ringanlari juda qo‘rqinchli edi. Onam erta tongda mullaga olib borib, dam soldirib qo‘ysa biroz yengillardim. Onam shifokorlarga olib borganida “Bu kasallik emas”, deyishgan. Bu holat to‘rt yil davom etdi. Undan keyin ahvolim yaxshilandi, ammo ko‘zimni tez-tez pirpiratishim “esdalik” bo‘lib qoldi, — deydi Otabek Muhammadzohid.

    “Uyda tug‘ilgan ekanman”

    Otabek Muhammadzohid 1994-yildan buyon professional xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Shu kungacha unga Toshkentda ijod qilish bilan bog‘liq takliflar juda ko‘p bo‘lgan. Xonanda har gal Farg‘onani tashlab ketolmasligini aytadi.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    — Farg‘onadagi tug‘ilib o‘sgan uyimni yaxshi ko‘raman. Hatto, tug‘uruqxonaga ham borishni istamay uyda tug‘ilgan ekanman (kulib). Haqiqatan ham shunday, onamning ko‘zi uyda yorigan, shuning uchunmi Farg‘onaga mehrim bo‘lakcha. 1994-yili Turkiyada o‘qishni tamomlab O‘zbekistonga qaytganimda, hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar juda ko‘p bo‘lgan. Toshkentda ijod qilish yaxshi, tanilish oson, katta sahnalarga ham imkoniyat ko‘proq deyishadi. Ammo ijoddan tashqari, yolg‘iz o‘g‘il farzandlikning ham masʼuliyati bor. Onamning yoshi katta, uning tanish-bilishlari, yaqinlarining bari Farg‘onada yashaydi. Uni yaqinlaridan ajratib Toshkentga olib kelishni istamayman, — deydi xonanda.

    Yarim-yalang‘och raqqosalar bilan bog‘liq mojaro

    Bir necha yil avval Otabek Muhammadzohid raqqosalar sabab to‘yxonada qo‘shiq aytishni istamagani va undan to‘y egalari ranjigani haqidagi xabar OAVda tarqalgandi.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    — Farg‘onada ikkita to‘yda juda qattiq asabim buzildi. Farg‘onada to‘yga borsak, xonanda aka-ukalarimiz, kuttirmasdan darrov navbat beradi. Bir to‘yda 5-10 daqiqa choy ichib o‘tirgim keldi. Shu joyda bir raqs guruhiga navbat berishdi. Raqqosalar arabcha, yarim-yalang‘och kiyimlarda Lazgiga raqsga tushib ketdi. Raqs tugashi bilan, hech kim eʼlon qilishini ham kutmay, mikrofonni shartta oldimda: “Kim chaqirdi bularni, qani bu guruhning rahbari?”, dedim.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    Guruh rahbari yoshgina bir qiz ekan. O‘tirganlarga qarab: “Sizlarga ham hayronman, kim sizlarni o‘zbek deydi? Hozir shu yarim-yalang‘ochlarga qarsak chaldilaring-a? Bularni nimasiga qarsak chaldingiz?! Yarim-yalang‘och kiyimda Lazgiga raqsga tushishga kim ruxsat bergan?!”, — deya, gapiradigan gapimni gapirib, “Bunaqa to‘yda qo‘shiq aytmayman”, deb chiqib ketdim.

    Yana bir to‘yda xuddi shuning davomi bo‘ldi. Ko‘plab ayollar, hoji onalar o‘tirgan to‘yda qo‘shiq aytayotsam, yarim-yalang‘och to‘rt qiz “Tezroq tugating, biz raqsga tushishimiz kerak”, degan maʼnoda oldimga turib oldi. “O‘tir!”, — dedim ularga. Kayfiyatim tushib ketib, “Bularni kim chaqirgan? Men erkak bo‘lib bularga qarashga uyalyapman. Kimga kerak shunaqa narsalar? Bu hayosizlik o‘zbekchiligimizga yarashadimi?”, deb o‘sha davradan ham chiqib ketdim, — deydi xonanda.

    “Singlimni qo‘llash akalik qarzim edi”

    Ko‘pchilik Otabek Muhammadzohid o‘zidan ko‘ra ko‘proq singlisining ijodiga vaqt sarflagani va uni mashhurligi uchun intilgani haqida gapiradi. Xo‘sh, xonanda bu fikrga qanday munosabat bildiradi?

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    — Tan olish kerak, Gulsanamning ovoz imkoniyatlari menikiga nisbatan keng. Masalan, “Meni unut” qo‘shig‘ini 1995-yili ijro etganman. Ammo o‘zim istagandek chiqmagani uchun u qadar ommalashmagan. Qo‘shiqning o‘ziga xos nolalari bor, uni singlim maromiga yetkazib aytgan.

    Ijodni boshlashiga qo‘ldan kelganicha yordam berganman. Bu mening akalik qarzim va farzim edi. Singillarimni yaxshi ko‘raman, doim ularni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman, — deydi xonanda.

    “Onam hamisha tanqid qiladi”

    Xonanda eng birinchi tanqidchisi onasi ekanligi va uni qaysi ishi uchun ko‘p tanqid qilishi haqida gapirdi.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    — Onam sanʼatni juda yaxshi tushunadi, shuning uchun ham eng birinchi tanqidchimiz uning o‘zi. Menga “Ko‘p qochirim qilasan, bemaza qochirimlar tinglovchiga yoqmaydi”, deydi. Tanish ukalarim onamning “Qo‘shig‘ingda BQ ko‘p ekan”, degan gaplarini eshitib hayron bo‘lgan va bu musiqiy termin nima maʼnoni anglatishini so‘rashgan. “Bu hech qanday termin emas, bemaza qochirim so‘zlarining qisqartmasi”, deganimda kulishgandi. Onamning tanqidlariga quloq solib hech qachon kam bo‘lmaganman, — deydi xonanda.

    “Bog‘imdan faqat o‘z ehtiyojim uchun foydalanaman”

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    — Ochig‘ini aytsam, dehqonchilik va bog‘dorchilikka qiziqmayman. Ammo shahardan tashqarida bog‘ tashkil qilganmiz. Chunki ijodkor ahli hamisha sokin, bahavo joyga borib, ijod qilishni istaydi. Shu maqsadda shahardan chekkaroqda yer olib, 5-6 tupdan turli mevalar va bodom ko‘chatlarini ektirganman. Yoz kunlari u yerga borib, hordiq chiqaramiz. Tabiat qo‘ynida yaratilgan ijod mahsuli ham go‘zal bo‘ladi. Misol uchun “Mayli telba denglar” qo‘shig‘i ham aynan o‘sha bog‘da yaratilgan. Daraxtlarga bog‘bon yigit qaraydi, u yerdan katta daromad olmaymiz. Ammo yozda mazali mevalar dasturxonimizdan arimaydi, — deydi xonanda Otabek Muhammadzohid.

    Foto: Otabek Muhammadzohid arxividan

    Otabek Muhammadzohid oilasi haqida gapirishni unchalik istamaydi. Bizga maʼlum bo‘lgani shuki, uning uch qiz va bir o‘g‘il farzandi bor. Ikki yil avval u to‘ng‘ich qizini turmushga bergan.

    26.01.2024, 11:20   Izoh (0)   64556
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda

    22.03.2023, 21:28

    11 yoshidan to‘ylarda qo‘shiq kuylaydigan, og‘ir judolikni boshdan kechirgan va besh yil davomida zo‘ravonlikka uchragan Iroda Iskandarova 51 yoshda (foto, video)

    01.11.2023, 17:04

    “Men saratonga chalingan emishman”. Tovus raqsi bilan elga tanilgan va 7 yillik turmushidan ajrashgan raqqosa Iroda Ismoilova 40 yoshda (foto, video)

    24.01.2024, 15:20

    Retro avtomobillardan sportkarlargacha: Jahon yulduzlarining hashamatli avtoulovlari (foto)

    25.01.2024, 17:20

    Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video suratga olgan vaynerlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan uzr so‘radi (video)

    25.01.2024, 13:10

    Instagram: Insultni boshdan kechirgan Dilshodbek Musabekov, ikkinchi marta ona bo‘ladigan Malika Egamberdiyeva, Mavluda Asalxo‘jayevaning garderobiga sayohat

    24.01.2024, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.