• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    “Men saratonga chalingan emishman”. Tovus raqsi bilan elga tanilgan va 7 yillik turmushidan ajrashgan raqqosa Iroda Ismoilova 40 yoshda (foto, video)

    Raqs — umri qisqa kasblardan biri. Raqqosalar karyerani juda erta boshlaydi va ularning aksariyati 30 yoshdan keyin sahnadagi faoliyatiga yakun yasaydi. Tovus raqsi bilan tanilgan raqqosa Iroda Ismoilova hali beri sahnadagi faoliyatiga yakun yasash niyatida emas. Chunki uning ijodiga talab yuqori, 40 yoshda bo‘lsa-da, hamon yosh raqqosalar singari jozibasini yo‘qotgani yo‘q.

    “Onam shifokor bo‘lishimni istagan”

    Iroda Ismoilova bejiz raqs sanʼatiga qiziqmagan. Bu sanʼat oila aʼzolariga begona emas. Ota-onasi xoreograf sifatida faoliyat yuritgan.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Oilada ikki farzandmiz. Men tug‘ilganimda onam xoreografiya oliy maktabida o‘qigan, dadam esa ansamblda ishlagan ekan. Onam chaqaloqligimdan meni aravachaga solib o‘zi bilan olib ketar, dadam rahmatli mashg‘ulotlardan so‘ng meni olib uyga qaytarkan. Shu bois raqs menga hech qachon begona bo‘lmagan. Uch yoshdan u bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlaganman. Ansambldagi raqqos va raqqosalarning bari xuddi yaqinlarimdek edi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    Onam raqqosa bo‘lsa-da, negadir bu kasbni egallashimga jiddiy qarshilik qilgan. “Shifokor bo‘lishini istayman”, deb ko‘p aytardi. Balki o‘zi kasbi sabab qiynalgani uchundir. Dadam esa yonimni olib “O‘zi yoqtirgan ishni qilsin, bir umr qiynalib yashamaydi-ku”, derdi, — deydi Iroda Ismoilova.

    “Bolaligim qanday o‘tganini eslolmayman”

    Iroda Ismoilova bolalikdan qiyinchilikda ulg‘aygani, oddiy bolalar singari o‘ynab-kulmagani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Ota-onam ishlardi, ammo ro‘zg‘orimiz hech qachon but bo‘lmasdi. Kamtarona, oddiy hayot kechirardik. Bunga sabab ansamblda oladigan oylik bilan ro‘zg‘or tebratib bo‘lmasdi. Mashg‘ulotlar uchun kerakli bo‘lgan hamma narsani avvaldan ota-onamga aytib, oilaviy rejaga kiritardik. Chunki ular aytilgan zahoti xarajat qila olmasdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    Bolaligim qanday o‘tganligini eslay olmayman. Chunki biror marta ko‘chaga chiqib o‘ynaganimni, dugonalarim bilan aylangani borganimni eslolmayman. Men faqat xoreografiya maktabi va uyni bilardim xolos. Baʼzan raqs sanʼatiga past nazar bilan qarashsa, “o‘ynab pul topasizlar” deyishsa ranjiyman. Chunki professional raqqosa bo‘lish uchun yillab mehnat qilish va jismoniy og‘riqlarni his qilish kerak. Maktabda o‘qib yurgan paytim og‘riqdan oyoqlarim tinimsiz og‘rirdi, uyga borguncha uxlab qolay derdim, — deydi Iroda Ismoilova.

    “Hamisha dadam qo‘llab-quvvatlardi”

    Raqqosa onasining qattiqqo‘l bo‘lgani va ko‘p masalada otasi qo‘llab-quvvatlagani haqida gapirdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Onam shu qadar qattiqqo‘l ediki, pardoz qilishimni ham istamasdi. Kasb nuqtai nazaridan raqqosalar, pardoz qilishga majbur, ammo onam hamisha qarshi bo‘lardi. Har qanday masalada meni qo‘llab-quvvatlaydigan inson dadam bo‘lgan. Hatto, onam uy ishlarini buyurganida, “Qilmasin, qizim charchadi, raqsga tushish osonmi”, deydigan inson ham dadam edi.  Darsdan keyin men idish-tovoqlarni yuvmasligim uchun o‘zi bu ishni qilardi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    Tovus raqsi libosining yaratilishida ham dadamning hissasi katta bo‘lgan. U asosini o‘zi simlardan yasab bergandi, — deydi Iroda Ismoilova.

    “Tovus raqsi boshqa raqqosaga atalgandi”

    Iroda Ismoilova tovus raqsi uchun Maʼmura Ergashevadan minnatdor ekanligi va aslida bu raqs boshqa raqqosa uchun atalgani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Aslida bu raqs boshqa raqqosa uchun atalgan ekan. Ammo uning ijrosi unchalik ommalashmagan. Keyin men ijro etdim va kutilmaganda mashhurlikka erishdi. Bu raqsning yaratilganiga 20-yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Haligacha odamlar shu raqsni so‘rashadi. O‘tgan vaqt mobaynida unga 8 ta maxsus libos yaratildi. Bu raqsning liboslari nihoyatda og‘ir, bosh kiyimining o‘zi 2 kilogramm tosh bosadi, — deydi Iroda Ismoilova.

    “Turmush qurolmayman deb o‘ylardim”

    Iroda Ismoilova turmush o‘rtog‘i bilan tasodifan tanishgani va shaxsiy hayotida o‘zgarishlar ijodiga qanday taʼsir etgani haqida gapirdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Erta emas, 27 yoshda oila qurdim. Rostini aytsam, oila qurolmasam kerak, deb ko‘p o‘ylardim. Chunki yoshim katta bo‘lib qolgan, uning ustiga ko‘p o‘zbek yigitlari sanʼatkorga uylanishni istamaydi, deb hisoblardim. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan uchrashuvga chiqishdan avval bir oy gaplashib yurganmiz. Raqqosa ekanligimni yashirmaganman. U inson mendan ikki yosh kichkina edi. Fikrlari zamonaviy ekanligini payqab oila qurishga qaror qilganman. Ammo dadam rahmatli qarshi bo‘lgan. Yetti yil birga yashadik, ikki farzandli bo‘ldik. Ammo oilamizning yakuni go‘zal bo‘lmadi, — deydi Iroda Ismoilova.

     

    “Raqs sabab homilamdan ayrildim”

    Iroda Ismoilova bir muddat sanʼatdan ketishiga farzandidan ayrilgani va ruhiy tushkunlikka tushib qolgani sabab bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Homilador bo‘lganimdan keyin ham sanʼatdan ketganim yo‘q. Avvaliga hammasi yaxshi edi. Tug‘uruq vaqti yaqinlashganida birdan tobim qochib isitmaladim. Shifokorga borsak, homilam bir oy avval nobud bo‘lganini, tezlik bilan uni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash kerakligini aytdi. Ruhiy tushkunlikka tushib qoldim. Ammo baʼzan boshqa shifokorga ham uchrashmaganimga afsuslanaman. Chunki nobud bo‘lganiga bir oy bo‘lgan homila chirib ketishi, u shifokor vahima qilgani haqida aytishadi. Balki homilaning ahvoli u qadar yomon bo‘lmagandir, deb o‘ylab qolaman. Birinchi homilaning nobud bo‘lishi juda og‘ir kechar ekan. Ruhiy tushkunlikka tushib qolganman. Sanʼatdan ketish haqida ham o‘ylaganman. Chunki shifokorlar bolaning nobud bo‘lishiga raqs harakatlari sabab bo‘lgani va o‘zimni ayamaganligimni aytgandi, — deydi Iroda Ismoilova.

    “Men bachadon saratoniga chalinibman”

    Taniqli raqqosa Iroda Ismoilova “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida yetti yillik turmushidan ajrashayotgani hamda bunga turtki bo‘lgan sabab haqida gapirib berdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Bu vaziyatda hech kimni ayblay olmayman. Birinchidan, qars ikki qo‘ldan chiqadi, deyishadi. Ikkinchidan, bu taqdir. Bu mavzuning davom etmaslik sababini aytadigan bo‘lsam, hali sobiq emas, turmush o‘rtog‘im boshqa ayol bilan turmush qurdilar, menimcha, farzand ham kutishyapti. Ularning baxtli bo‘lishini xohlayman. U ayolning hech qanday aybi yo‘q.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    Men hech qachon ko‘rmaganman, qo‘lim bilan ushlamaganman. Bitta sabab bo‘lgan. Ularning yozishmasini ko‘rib qolganman. U yerda erim ‘Mening ayolim bachadon saratoni bilan kasallanganʼ, deb yozgan. Shuni kechira olmadim, bo‘ldi. Menga xiyonat qildilar, deb ayta olmayman. Saraton degani, men har kuni ertalab turib senga o‘lim tilayman, degani. Nima uchun? — deydi raqqosa.

    “Men yana ijodga qaytdim”

    Iroda Ismoilova ajrashganidan keyin ruhiy tushkunlikka tushgani va uning ijodga qaytishiga maʼmuri sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Oilamni saqlab qolish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qildim. Hatto, “Mayli, uylaning qarshi emasman, menga er bo‘lmang, ammo bolalarga ota bo‘lib qoling”, degan kunlarim ham bo‘ldi. Chunki bolalarim dadasini yaxshi ko‘radi. Shularni o‘ylab, ruhiy tushkunlikka tushib qoldim. Shunday kunlarning birida maʼmur singlim menga kuch bag‘ishladi. Meni qaytadan ijodga qaytishimga sababchi bo‘ldi. Uning yaxshiligini hech qachon unutmayman, — deydi Iroda Ismoilova.

    “Operatsiyaga rozi bo‘lmadim”

    Yulduz Usmonovaning “Sharob” qo‘shig‘iga mohirlik bilan raqsga tushgan Iroda Ismoilovaga xonanda yuzini plastik operatsiya qildirishi kerakligini aytgani va jarroh bilan tanishtirgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Iroda Ismoilovaning shaxsiy arxividan

    — Yuzimdagi notekislikka kosmetika sababchi emas. Avvaldan yuzim shunday bo‘lgan. Bir kuni Yulduz Usmonova “Yuzingni to‘g‘rilatish kerak. Tanish plastik xirurgim bor, qabuliga olib boraman”, dedi. Klinikaga bordik, tahlillarni topshirib operatsiya kunini belgiladik. Ammo qo‘rqdim va bir necha kundan keyin rad javobini berdim. Yulduz opa o‘shanda biroz ranjigandek bo‘ldi, — deydi Iroda Ismoilova.

    24.01.2024, 15:20   Izoh (0)   90220
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kerakmassan, deb ko‘chaga haydashgan” — ofitsiantlik qilgan, tasodifan kinoga kirib kelgan va ayollarning nafratiga uchragan Mashhura Zulfiqorova 39 yoshda (foto,...

    06.01.2024, 16:51

    “Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim...

    07.01.2024, 12:55

    “Bu film uchun Musoqovni qamash kerak” —  kamtarona hayot kechirsa-da, o‘zini baxtli his qiladigan rejissor Zulfiqor Musoqov 66 yoshda (foto, video)

    22.01.2024, 13:20

    Chia urug‘i qo‘shilgan suv ozishga yordam beradimi?

    24.01.2024, 14:15

    Reyting: O‘zbek shou-biznesidagi eng qimmat gonorar oladigan “kelin salomchi” aktrisa kim?

    24.01.2024, 13:10

    Aktyor Entoni Hopkinsning rafiqasi u haqida film suratga oladi

    24.01.2024, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga qanday ajratilishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:16

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 12 may, 19:07

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    Dunyo | 12 may, 19:00

    Megan Marklning retseptidan jabrlangan ayol undan 10 mln dollar tovon puli talab qilmoqda

    Layfstayl | 12 may, 18:45

    Google o‘z ma’lumotlar markazlari uchun uchta yangi AES qurish buyurtmasini berdi

    Dunyo | 12 may, 18:30

    Polsha Rossiyaning Krakovdagi bosh konsulxonasini yopib, diplomatlarni chiqarib yuboradi

    Dunyo | 12 may, 18:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.