Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12 so‘mga pastlab, 12 400 so‘m bo‘ldi. Yevro 77,56 so‘mga tushib, 13 446,56 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,19 so‘mga pastlab, 138,69 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 12 412 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
O‘zbekistonda dollar kursi 2024-yil 11-yanvardan buyon 12 400 so‘mdan yuqori bo‘lib turibdi.
Izoh (0)