Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 9,76 so‘mga pastlab, 12 412 so‘m bo‘ldi. Yevro 19,32 so‘mga tushib, 13 524,12 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,72 so‘mga tushib, 139,88 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushib, 12 421,76 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham pastlab, yevro oshgandi.
O‘zbekistonda dollar kursi 2024-yil 11-yanvardan buyon 12 400 so‘mdan yuqori bo‘lib turibdi.
Izoh (0)