Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belgiya qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Mark Mixelson bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ko‘p tomonlama tuzilmalar yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan.
TIV rahbari o‘rinbosari elchining samarali faoliyatini qayd etib, uning O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholagan.
Mark Mixelson, o‘z navbatida, Belgiya elchisi sifatidagi faoliyati doimiy qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirgan.
Avvalroq O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgani, Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani, O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli missiyasini yakunlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)