• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Amerikaning “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan 8 turk seriali

    Yanvar boshida Amerikada “Emmi—2023” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi va qaysi serial yaxshilarning eng yaxshisi bo‘lish sharafiga sazovor bo‘lganini bilib oldik. Ammo Turkiyaning ba’zi loyihalari ham g‘alaba uchun da’vogarlar ro‘yxatida bo‘lganini bilasizmi?

    “Eng yaxshi telenovella” yo‘nalishida “Emmi” nominatsiyasi

    “Sevgi iztirobi” (2015-2017)

    Bosh rollarni Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urganjio‘g‘li o‘ynagan “Sevgi iztirobi” seriali Turkiya uchun chinakam shov-shuvli va daromadli loyihaga aylandi. Kamol va Nihonning sevgi hikoyasi ikki yil davomida tomoshabinlarni televizor qarshisiga mixlab qo‘ydi. Albatta, “Sevgi iztirobi” seriali Turkiyada juda ko‘p mukofotlarga sazovor bo‘lgan, ammo butun jamoa uchun eng muhim yutuq xalqaro “Emmi” mukofoti bo‘ldi.

    2017-yil 20-noyabr kuni “Sevgi iztirobi” “Yilning eng yaxshi telenovellasi” nominatsiyasida g‘olib chiqqani ma’lum qilindi. Aytgancha, ushbu loyiha xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi loyiha bo‘ldi. Nyu-Yorkdagi taqdirlash marosimiga Ay Yapim rahbari Kerem Chatay, loyiha rejissori Hilol Saral va serial ssenariy muallifi Burju Go‘rgun Toptash keldi. Ammo Burak O‘zchivit va Neslihan Atagul tadbirda bo‘lmagan. Ma’lumki, o‘sha paytda yulduzlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgandi. Aynan shuning uchun ular “Emmi” marosimiga kelmaslikka qaror qilgan bo‘lishi mumkin.

    “Pul va gul ishqi” (2014-2015)

    Engin Akyurek va Tuba Buyukustun ishtirok etgan loyiha xalqaro “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi, lekin g‘olib chiqa olmadi. Aytgancha, ushbu loyihadan umumiy tendensiyani aniqlash mumkin: detektivlar deyarli har doim nufuzli mukofotga nomzod bo‘ladi.

    Serial bosh qahramoni Omer politsiya komissari. U chaqiriqqa binoan voqea sodir bo‘lgan joyga boradi. Ammo ko‘rganlariga ishonmaydi: yo‘lovchi o‘rindig‘ida qallig‘i Sibel, yonida esa unga mutlaqo notanish erkak avtohalokatga uchragan. Albatta, Omer baxtsiz hodisa tasodif ekanligiga ishonmaydi, shuning uchun o‘zi tergov boshlaydi, bu esa kutilmagan natijalarga olib keladi.

    “Istanbullik kelin” (2017-2019)

    “Istanbullik kelin” oddiy romantik teleserial bo‘lib tuyulsa-da, lekin hammasi bir qarashda oddiy emas. O‘zjan Deniz va Asli Enver ishtirok etgan serialning muvaffaqiyat kaliti albatta yulduzli jamoa bo‘lgan. Ular haykalchaga erisholmadi, lekin butun dunyo “Istanbullik kelin” haqida gapira boshladi.

    Shunisi e’tiborga loyiqki, serial sujeti xuddi “Qo‘rg‘on sirlari”dagi kabi amaliyotchi psixolog Gulseren Budaychio‘g‘lining qaydlariga asoslanadi. Aynan shu fakt loyihani “jonli” qiladi. Bir qarashda serial voqealari juda oddiy. Faruk bursalik boy va nufuzli oilaning merosxo‘ri, Sureyya esa Istanbulda xolasi bilan yashaydigan oddiy oilaning qizi. Ular uchrashishi va, albatta, bir-birlarini sevib qolishlari kerak. Ammo ularning hikoyasini baxtli deb atash mumkinmi?

    “Jasur va go‘zal” (2016-2017)

    2018-yilda “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan ikkinchi turk seriali esa orzu qilingan haykalchasiz qoldi. Bosh rollarda Kivanch Tatlitug‘ va Tuba Buyukustun. Bu serial, albatta, detektiv yoki jangovar film emas, balki Romeo va Julettaning zamonaviy variantidir. Serial bosh qahramoni Jasur katta shahardan kichik bir qishloqqa keladi. U yerda u go‘zalligi afsonalarga aylangan Subhan ismli qizni uchratadi.

    Subhan biznes bilan shug‘ullanuvchi badavlat oilaning qizi. Har doimgidek yoshlar o‘rtasida muhabbat paydo bo‘ladi. Biroq ularning oilalari ko‘p yillar davomida janjallashib kelganini bilishmaydi va otalari bu vaqt davomida o‘zlarining “qorong‘i tomonlarini” begona ko‘zlardan yashirgan. Muammoli vaziyatni bilish Subhan va Jasur uchun juda og‘riqli bo‘ladi. Qolaversa, ular ota-onalariga qarshilik ko‘rsata oladimi va sevgisini saqlab qoladimi, noma’lum

    “Eng yaxshi aktyor/aktrisa” yo‘nalishida “Emmi” nominatsiyasi

    Tolga Saritash (“Va’da”)

    “Muhtasham yuz yil” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga tanilgan Tolga ham 2018-yilda eng yaxshi aktyor sifatida “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Xalqaro hamjamiyat uning Yavuz rolini o‘ynagan “Va’da” serialidagi aktyorlik mahoratini yuqori baholadi. Loyiha vatanga muhabbat va vatanparvarlik mavzusini ochib beradi — filmda vatanini qutqarishi kerak bo‘lgan maxsus bo‘linma haqida hikoya qilinadi.

    Tuba Buyukustun (“20 daqiqa”)

    ​2014-yilda turkiyalik aktrisa Tuba Buyukustun “20 daqiqa” serialidagi Melek roli uchun “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan edi. U “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mukofot ololmagan bo‘lsa-da, xalqaro jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratishga muvaffaq bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, Tuba aktrisalikka o‘qimagan: u liboslar va sahna dizayneri. Biroq uning deyarli barcha rollari milliy va xalqaro nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

    Haluk Bilginer (“Shaxsiyat”)

    Aktyor Haluk Bilginerni Turkiyadagi eng ko‘zga ko‘ringan aktyorlardan biri deb atash mumkin. Aktyor ko‘pincha xorijiy film va seriallarda rol o‘ynagan va “Ist-End aholisi” teleserialidagi Mehmet Usmon roli bilan mashhur bo‘lgan. Uning mahoratini tasdiqlovchi yana bir muhim dalil — aktyor Anjelina Joli bilan birga “Meriya” filmida rol o‘ynaydi.

    2019-yilda Haluk “Shaxsiyat” turk serialidagi manyak roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida Emmi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Netflix platformasida chiqqan loyiha internetda keng muhokama qilindi.

    Bosh qahramon Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan nafaqaxo‘r bo‘lib, u ilgari sudda kichik kotib bo‘lib ishlagan. Ruhiyatidagi o‘zgarishlar tufayli u korrupsiya, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa huquqbuzarliklar bilan qo‘lga tushgan har bir shaxsni qidirib topadi va o‘zi jazolaydi.

    22.01.2024, 16:20   Izoh (0)   16084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filmdagi obrazi uchun tashqi ko‘rinishini qurbon qilgan aktyor va aktrisalar (foto)

    19.01.2024, 10:40

    Jim Kerri — 62 yoshda: Komedik aktyorning qoyilmaqom tarzda ijro etgan eng yaxshi obrazlari (foto)

    19.01.2024, 09:51

    Eshakning yulduzli onlari, adyol tagidagi pakana, yeb bo‘lmaydigan mevalar — “Kavkaz asirasi” suratga olingan joylar va syomka jarayonidagi qiziqarli voqealar

    20.01.2024, 12:40

    Gazlangan ichimliklar, margarin va jigarning yog‘ bosishiga sabab bo‘luvchi boshqa mahsulotlar

    22.01.2024, 15:20

    Bolaning isitmasi baland, qo‘l-oyoqlari esa muzday: Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?

    22.01.2024, 14:10

    “Emmi” mukofotiga loyiq ko‘rilmagan Gollivudning mashhur yulduzlari

    22.01.2024, 12:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.