• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    “Emmi” mukofotiga loyiq ko‘rilmagan Gollivudning mashhur yulduzlari

    Mashhur bo‘lish bu — sovrindor bo‘lish degani emas. Ko‘p yillik mehnat va katta mashhurlikka qaramay, ularning baʼzilari hech qachon “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lmagan. Baʼzida hakamlar hayʼatining qarorlaridan so‘ng g‘oliblar qanday tamoyil asosida aniqlanadi, degan savol tug‘iladi. Nufuzli mukofotga ega bo‘lmagan taniqli yulduzlar haqida.

    Emiliya Klark

    Foto: Shutterstock.com.

    Aktrisa 2013, 2015, 2016 va 2019-yillarda “Taxtlar o‘yini” filmidagi Deyeneris Targaryen roli uchun “Emmi” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan, lekin unga omad kulib boqmagan.

    Kortni Koks

    Foto: Shutterstock.com.

    Ajablanarlisi, Kortni “Do‘stlar” serialidagi beshlikdan o‘n mavsum davomida ham “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lmagan yagona aktrisadir. Faqatgina 2021-yilda Televideniye akademiyasi uni boshqa “Eng yaxshi komediya dasturi” nominatsiyasiga loyiq ko‘rgan.

    Xyu Lori

    Foto: Shutterstock.com.

    Mukofotga ega bo‘lmagan yulduzlarning ko‘pgina ajoyib rollari bor. Aktyor sakkiz marta “Emmi” nominatsiyasidan joy olgan, lekin biron marta ham g‘olib bo‘lmagan. Doktor Xaus aytganidek, “Rahmat so‘zining aksi nima?”

    Keyli Kuoko

    Foto: Shutterstock.com.

    Aktrisaning “Katta portlash nazariyasi” filmidagi hamkasbi Jim Parsons Sheldon roli uchun to‘rt marta “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Keyli Penni roli uchun mukofotga nomzod sifatida ham ko‘rsatilmagan.

    Kid Harington

    Foto: Shutterstock.com.

    Aktyor “Taxtlar o‘yini” filmidagi Jon Snou roli uchun ikki marta “Emmi” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan, lekin g‘oliblikni qo‘lga kiritganicha yo‘q.

    Mettyu Perri

    Foto: Shutterstock.com.

    Marhum aktyor “Do‘stlar” serialidagi Chendler Bing roli faqatgina bitta nominatsiyaga kiritilgan, lekin g‘olib bo‘lish nasib qilmagan. “G‘arbiy qanot” serialidagi va “Ron Klarkning hikoyasi” filmidagi ishtiroki ham mukofot uchun loyiq ko‘rilmagan.

    Emi Adams

    Foto: Shutterstock.com.

    Olti karra “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisa 2019-yilda “O‘tkir predmetlar” filmidagi roli uchun “Emmi” mukofotiga daʼvogarlik qiladi, lekin yakunda g‘oliblikni qo‘lga kirita olmaydi.

    Stiv Karell

    Foto: Shutterstock.com.

    Stiv Karell “Ofis” filmidagi Maykl Skott roli uchun olti marta nomzod bo‘lgan, biroq hech qachon g‘olib chiqmagan. Umid qilamizki, komediya ustasining g‘alabalari hali oldinda.

    Devid Shvimmer

    Foto: Shutterstock.com.

    Aktyor 1995-yilda “Do‘stlar” serialining birinchi mavsumida Ross roli uchun “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan, lekin mukofotni qo‘lga kirita olmagan. Aktyor 2016-yilda “Amerika jinoyat tarixi” filmida Kim Kardashyanning marhum otasi Robert Kardashyan roli uchun yana bir marta nominatsiyalar qatoridan joy olgan, afsuski bu safar ham unga g‘oliblik nasib qilmagan.

    Mett Leblan

    Foto: Shutterstock.com.

    Aktyor yetti marta nufuzli mukofotga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Shulardan uchtasi “Do‘stlar” filmidagi Jou roli uchun hisoblanadi. Unga ham “Emmi”ni olish nasib qilganicha yo‘q. “Do‘stlar” filmidan Liza Kudrou va Jennifer Eniston televideniye mukofotini qo‘lga kiritgan yagona asosiy aktrisalar hisoblanadi.

     

    22.01.2024, 12:37   Izoh (0)   5815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turmush o‘rtog‘i sabab karyerasi izdan chiqqan Gollivud yulduzlari

    18.01.2024, 11:38

    Bir-biri bilan yoshligidan do‘st tutingan Gollivud yulduzlari (foto)

    19.01.2024, 14:50

    Filmdagi obrazi uchun tashqi ko‘rinishini qurbon qilgan aktyor va aktrisalar (foto)

    19.01.2024, 10:40

    Roli sabab aqlbovar qilmas qiyinchiliklarga rozi bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

    22.01.2024, 11:55

    “Qo‘limdan kelganicha o‘ynayman”: aktyorlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan turk seriali yulduzlari (foto)

    22.01.2024, 10:35

    Rayhonning so‘nggi konserti qanday o‘tmoqda? (foto, video)

    20.01.2024, 23:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45

    “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan Brayan Mbeumoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Sport | 18 iyul, 20:31

    Qozog‘istonda xotinini 10 yil davomida urib kelgan sobiq diplomat 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 18 iyul, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.