Yurgen Klopp Sven-Yoran Erikssonga “Liverpul” bosh murabbiyi bo‘lishni taklif qildi.
Angliya terma jamoasi, “Roma”, “Latsio” va “Manchester Siti”ning sobiq bosh murabbiyi Erikssonga saraton tashxisi qo‘yilgan. 75 yoshli mutaxassis “Eng yaxshi holatda atigi bir yil umrim qoldi” deb aytgan edi.
Shved “Liverpul”ning ashaddiy muxlisi bo‘lib, doim klubni boshqarishni orzu qilgan. Xabarlarga ko‘ra, u mart oyida bo‘lib o‘tadigan “Liverpul” va “Ayaks” faxriylari o‘rtasidagi uchrashuvda “qizillar”ning bosh murabbiyi sifatida ishtirok etadi. Biroq, Klopp uni asosiy jamoaga chorladi.
“Men ilk bor uning “Liverpul”ga muhabbatini, butun hayoti davomida klubga muxlislik qilganini eshitdim.
Agar u bizga qo‘shilsa juda xursand bo‘lardik. Agar Eriksson xohlasa, kun davomida mening ofisimda o‘tirib, mening ishimni bajarishi mumkin — bu muammo emas.
U tashrif buyursa, klub uzoq yillar mobaynida qanday rivojlanganini ko‘rsatishimiz mumkin. Sven-Yoran kelib, o‘zining eng yaxshi soatlarini o‘tkazishiga ishonchim komil”, — deydi Yurgen Klopp.
Izoh (0)