Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo Saudiya Arabistoni klubini boshqarishi mumkin.

Saudiya Arabistoni davlat media guruhiga (SRMG) tegishli Asharq Al-Awsat gazetasi ma’lum qilishicha, “Roma” sobiq murabbiyi “Ash-Shabob” bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Saudiya ligasi rasmiylari potensial tayinlovni ma’qullashgan.
Joze Mourinyo yaqin kunlarda Ar-Riyodga yetib borishi kutilmoqda.
Mutaxassis klubga Saudiyaning sport loyihasini yaxshi bilishini va xorijlik futbolchilarni xarid qilish orqali “Ash-Shabob”ni rivojlantirish rejasini taqdim etishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” 16-yanvar kuni Mourinyoni iste’foga chiqargandi.
“Ash-Shabob” Saudiya Arabistoni chempionatida 21 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)