O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 17-fevral kuni Fyuri—Usik o‘rtasidagi jang oqshomida ringga chiqishi ma’lum qilingandi.
Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan boks kechasida Bahodirga Dilan Prashovich raqiblik qiladi, deya xabar bermoqda Olamsport.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi bor 17-noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, 1-raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Chernogoriyalik bokschi esa professional faoliyati davomida 20 ta jangda ishtirok etib, 17 tasida g‘alaba qozongan va yana 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. 14 ta jangni u muddatidan oldin yakunlagan.
Izoh (0)