• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev prokuratura xodimlarini bayram bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar – prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan prokuratura xodimlarini tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hurmatli prokuratura xodimlari!

    Muhtaram faxriylar!

    Avvalo, siz, aziz qonun posbonlarini 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha islohotlarimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

    Qonun hukmron bo‘lgan jamiyatda albatta adolat, siyosiy-ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va yuksalish bo‘ladi, inson qadri, huquq va manfaatlari ta’minlanadi.

    Bunday muhim maqsadlarga erishishda prokuratura organlari va ushbu tizimda xizmat qilayotgan, o‘z kasbi va burchiga sodiq, vatanparvar insonlarning roli katta ekanini bugun alohida ta’kidlashimiz o‘rinlidir.

    Qadrli do‘stlar!

    Sizlarga ma’lumki, so‘nggi yillarda prokuratura sohasini tubdan isloh etish, bu borada ochiqlik va adolatga asoslangan, fuqarolar va jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan, xalqparvar qarorlar qabul qilish, o‘z nazariy va amaliy maktabiga, fidoyi va professional xodimlar korpusiga ega bo‘lgan tizimni shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

    El-yurtimizning Konstitutsiyamizda mustahkamlangan huquq va erkinlarini ishonchli himoya qilishda, qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishda prokuratura organlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

    Ayniqsa, xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholi muammolarini chuqur o‘rganish va hal etish, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish soha xodimlarining eng asosiy va kundalik vazifasiga aylandi.

    Prokuraturaning qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borish faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Ilgari qonun buzilishi holatlarini aniqlash va jazolashga asosiy o‘rin berilgan bo‘lsa, endi asosiy e’tibor bunday holatlarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilmoqda.

    Eng muhimi, prokuratura tizimi ham, odamlarimizning unga nisbatan munosabati ham o‘zgarmoqda. Bugungi kunda el-yurtimiz prokuratura timsolida “jazolovchi idorani” emas, balki aholi va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashadigan, ularning dardiga sherik, madadkor bo‘lishga harakat qiladigan xalqparvar tuzilmani ko‘rmoqda.

    Buni keyingi yetti yilda prokuratura organlari tomonidan 2 millionga yaqin murojaat ijobiy hal etilib, 300 mingdan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, 148 mingga yaqin tadbirkorning muammolariga yechim topilgani ham tasdiqlaydi.

    Kadrlar malakasini oshirish, shuningdek, tergov hamda huquqni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Bosh prokuratura akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.

    Bugungi kunda tadbirkorlik va investitsiya, qurilish yo‘nalishlarida, yer resurslaridan foydalanishda qonun buzilishining oldini olish, xotin-qizlar va yoshlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, yoqilg‘i-energetika va ekologiya, madaniy meros va sport sohalarida qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan samarali prokuror nazorati tizimi yo‘lga qo‘yildi va o‘z ijobiy natijalarini bermoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tgan davrda 53 mingdan ziyod huquqbuzarlik va jinoyatga chek qo‘yildi, davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan 4,7 trillion so‘m zarar undirildi, 15 mingdan ortiq shaxsning faoliyatiga qonuniy tus berilib, ularning tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishi ta’minlandi.

    Prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosining tashkil etilishi ijro ishini yuritish bo‘yicha mavjud tartibsizliklarga barham berib, qat’iy intizom o‘rnatishga imkon yaratdi. Birgina o‘tgan yil davomida 36 trillion so‘mlik sud hujjatlarining ijrosi ta’minlandi.

    Hurmatli soha xodimlari!

    Mamlakatimizda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan ezgu tamoyil asosida qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlarimiz hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda har bir prokuratura xodimi bir haqiqatni chuqur anglab yetishi zarur. Qachon odamlarimiz hayotida xotirjamlik, ro‘zg‘orida farovonlik va halovat bo‘ladi, qachon ularda ertangi kunga ishonch ortadi? Qachonki, yurtimizda qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilgan, islohotlar har bir xonadon, har bir mahallaga kirib, yurtdoshlarimiz ularning amaliy samarasini o‘z kundalik hayotida his etgan taqdirda bu maqsadga to‘la erishish mumkin.

    Xalqimizning og‘irini yengil qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikka qarshi kurashishga qaratilgan dasturlarimiz ijrosini izchil tashkil etish, atrof-muhit, tabiiy boyliklar va madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, tibbiyot, ta’lim kabi sohalardagi islohotlarimizni davom ettirish va bu borada qonun buzilishiga murosasiz bo‘lish – prokuratura xodimlarining konstitutsiyaviy burchi va eng asosiy vazifasidir. Buni hech kim unutmasligi kerak. Aminmanki, yurtimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish jarayoni umumxalq harakatiga aylanayotgan bugungi kunda prokuratura xodimlari alohida jonbozlik ko‘rsatib, o‘z tashabbuslari bilan barchaga namuna bo‘ladilar.

    Ana shu maqsadlarda prokuratura organlari faoliyatiga ilg‘or ish uslublarini va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, qonunlar ijrosi ustidan nazorat mexanizmlarini muntazam takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va tergov ishiga zamonaviy ilm-fan hamda amaliyot yutuqlarini tatbiq etish, xodimlarning bilim darajasi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularning fidokorona mehnatini munosib qadrlash kelgusida ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

    Ishonchim komil, prokuratura xodimlari qonun himoyasi – bu xalq va Vatan himoyasi kabi muqaddas burch ekanini chuqur anglab, zimmalaridagi g‘oyat mas’uliyatli va sharafli vazifani bundan buyon ham samarali ado etadilar.

    Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt va omad, xonadonlaringizga fayz-u baraka, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.

    08.01.2024, 20:05   Izoh (0)   11794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    500 million so‘m xarajati tejaladi: Tadbirkorlarga joriy yildan boshlab yana bir yengillik beriladi

    08.01.2024, 19:20

    2,5 kilometrli dor yo‘li, 150 metr balandlikdagi osma ko‘prik va hashamatli mehmonxona: Zomindagi turizm maskanidan reportaj

    08.01.2024, 19:15

    Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar bormi? Elchixona javob berdi 

    08.01.2024, 17:24

    Nukusda nomaʼlum moddadan zaharlanganlarning ikkisi ham vafot etgani aytilmoqda 

    08.01.2024, 16:49

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    08.01.2024, 16:28

    O‘zbek olimlari pomidordan yangi avlod COVID-19 vaksinasi yaratdi

    08.01.2024, 16:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.