Yaponiyada 1-yanvar kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 168 nafarga yetgan. Ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, zilzila oqibatida 323 kishi bedarak yo‘qolgan. O‘zbekiston diplomatlari Yaponiyaning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Yanvar oyi boshida Yaponiya g‘arbidagi prefekturalarda sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deya ta’kidlangan elchixona xabarida.
Yaponiyada 1-yanvardan buyon yuzlab zilzilalar sodir bo‘ldi. Ulardan eng kuchlisi 7,6 magnitudani tashkil etdi. 2024-yilning birinchi kunida g‘arbiy qirg‘oqda sunami xavfi e’lon qilindi va u 24 soat davomida o‘z kuchida qoldi.
Izoh (0)