Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida nomaʼlum moddadan zaharlanganlarning ikkisi ham vafot etgani aytilmoqda.
Shahar hokimining 6-yanvarda qabul qilingan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qarorida baxtsiz hodisa oqibatida bir kishi vafot etgani aytilgan. Keltirilishicha, 29-dekabr kuni Nukus shahri 23-kichik tumani, 1/39-uyda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro “nomaʼlum etiologiyali modda” ta’sirida zaharlanib, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yotqizilgan. Natijada 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Biroq “Bugun.uz”ning xabar berishicha, yigitlarning yaqin kishisi ularning ikkisi ham vafot etganini, ulardan birining tirik qolgani yolg‘on ekanini maʼlum qilgan.
Izoh (0)