Adliya vazirligi 2023-yilda qizlar va o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qaysi ismlar qo‘yilganini ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2023-yil davomida FHDY organlari tomonidan mamlakatda 968 140 nafar bolaning tug‘ilishi qayd etilgan. Shundan 501 577 nafari o‘g‘il bola, 466 563 nafari qiz bolalar. 2023-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan.

Shuningdek, mazkur yil davomida respublika bo‘yicha 283 788 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 85 279 ta holatda ayol erining familiyasiga o‘tgan.
Izoh (0)