O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDY organlari tomonidan 887 424 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi, deb xabar beradi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga oshgan.
2023-yilning 11 oyida tug‘ilganlarning:
- 459 701 nafari o‘g‘il bolalar;
- 427 723 nafari qiz bolalar.
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida qiz bolalarga nisbatan 31 978 nafar ko‘p o‘g‘il bolalar tug‘ilgan.
O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar oyida 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Ulardan 1 816 nafari egizak chaqaloqlar hisoblanadi. Yanvar—iyun oylarida esa 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan. 2022-yilda esa O‘zbekistonda birinchi farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 nafarni tashkil etgandi.
Izoh (0)