Toshkent—Angren—Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 6408/6409-sonli Toshkent—Angren—Toshkent yo‘nalishidagi poyezdlar harakati 5-yanvardan temiryo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish maqsadida vaqtinchalik amalga oshirilmaydi.
Avvalroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 2023-yilning 4-dekabridan 2024-yil 4-yanvarigacha Toshkent—Angren—Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida vaqtinchalik harakatlarni amalga oshirilmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)