Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2024-yil 6-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 13,62 so‘mga oshib, 12 355,16 so‘m bo‘ldi. Yevro 53,01 so‘mga ko‘tarilib, 13 483,19 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,27 so‘mga oshib, 135,64 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 12 341,54 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi oshgandi.
Izoh (0)