Turkiyada yillik inflyatsiya dekabrda oylik 2,93 foiz, yillik esa 64,77 foizni tashkil etdi.
Bu haqda Turkiya Statistika boshqarmasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, ENAG mustaqil Inflyatsiya tahlili guruhi bu ko‘rsatkich yillik hisobda 127,21 foizdan, oylik esa 4,12 foizdan oshganini ta’kidladi.
Turkiya Markaziy banki prognozlariga ko‘ra, 2023-yil oxirigacha mamlakatda inflyatsiya darajasi 65,39 foiz bo‘lishi kutilgan edi.
Avvalroq Turkiya Markaziy banki inflyatsiyaning keskin o‘sishiga Ukrainadagi “harbiy operatsiya” tufayli energiya resurslari narxining oshishi, taklifning cheklanishi va talabning ortishi, shuningdek, global ta’minot zanjirlaridagi muammolar sabab bo‘lganini ta’kidlagandi.
Izoh (0)