O‘zbekiston fuqarolari Turkiyadagi mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ish turi: xona tozalovchi, oshxona ishchisi, yordamchi ishchi, maydon tozalovchi va boshqalar. Quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:
- ish haqi 17000 Turkiya lirasi (550 dollar, soliqlar to‘langandan keyin);
- ish vaqti: 6 kun 8 soatdan;
- konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.
Talablar:
- 18 yoshdan 45 yoshgacha;
- tajribaga ega bo‘lish;
- rus yoki ingliz tilida elementar darajada so‘zlasha olish;
- sudlanmaganlik;
- O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Izoh (0)