• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida sudya marhumni jarimaga tortgani rostmi? Voqeaga izoh berildi

    “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasida Toshkent viloyatida sudya vafot etgan shaxsni jarimaga tortgani haqida post qoldirdi. Postga rasmiy munosabat bildirarkan, Sudyalar oliy kengashi holat aslida boshqacha bo‘lganini izohladi.

    Foto: Facebook / Abdurahmon Tashanov

    Abdurahmon Tashanovning yozishicha, sudya hukm chiqargan marhum to‘rt yil ilgari vafot etgan.

    “Bugun qo‘limga tushgan sud qarorida Chirchiq sudi sudyasi Ravshanov 4 yil avval olamdan o‘tgan odam – Abdukarim Mannonovga so‘roq qilmasdan ham jarima solibdi va unga majburiyatlar yuklabdi. Bu shu yilning avgustida bo‘lgan voqea, eski yilda qolsin, dedim”, — deya qayd etgan inson huquqlari faoli.
    Foto: Facebook / Abdurahmon Tashanov

    Sudyalar oliy kengashi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Kengash izohiga ko‘ra, sudda marhum jarimaga tortilgani haqidagi iddao yolg‘on.

    “Shu yilning avgust oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudida noqonuniy qurilmani buzishga oid nizo ko‘rilgan. Mazkur fuqarolik nizosi bo‘yicha bir emas, uchta javobgar bo‘lib, ulardan (javobgarlardan) biri sud majlisi bo‘ladigan kun va soat maʼlum qilingan bo‘lsa-da, protsessga kelmagani, buning sabablari ham sudga maʼlum qilinmagani rost. Natijada nizo uning ishtirokisiz ko‘rilib (bunga qonunda monelik yo‘q), daʼvo qisman qanoatlantiriladi va boshqa javobgarlar qatori unga ham noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzish majburiyati yuklatiladi. Bundan tashqari, hal qiluv qarorida barcha javobgarlardan tegishli davlat boji solidar tartibda undirilishi ham belgilanadi.

    Keyinchalik, fuqarolik ishi Toshkent viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilganda o‘sha javobgar to‘rt yil avval vafot etgani, o‘tgan vaqt davomida uning mol-mulki (uy-joyi va unga tutash nizoga sabab bo‘lib, noqonuniy qurilgani aytilayotgan darvozaxona) meros huquqi asosida farzandiga o‘tib, merosxo‘r boshqa shaxsga, u esa yana boshqa birovga sotilgani maʼlum bo‘ladi. Eʼtiborlisi, bu haqda birinchi instansiya sudiga na daʼvogar, na boshqa javobgarlar maʼlum qilgan?!

    Xullas, hamma-hammasi ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilganda oydinlashgach, ishga manfaatdor shaxslarni jalb etishda protsessual xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi asosi bilan hal qiluv qarori o‘shandayoq (15.11.2023-y.) bekor qilinib, fuqarolik ishi mazmunan qayta ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan. Ayni paytda fuqarolik ishi birinchi instansiya sudida qayta ko‘rilmoqda”, — deya maʼlum qilgan Sudyalar oliy kengashi.

    Kengash izohida holat Toshkent viloyat sudlari sudyalari malaka hayʼatida ham ko‘rib chiqilishini bildirgan.

    “Fuqarolik sudida mazmunan ko‘rilib chiqilgan ishlar yakuni bo‘yicha taraflarga jarima jazosi qo‘llanmaydi. Davlat boji undiriladi. (Chirchiqdagi holat bo‘yicha hal qiluv qarori bekor qilinishi ortidan javobgarlardan davlat boji undirilishining huquqiy quvvati ham yo‘qolgan). Davlat boji esa jarima emas. Bojni jarima sifatida talqin qilib, jamoatchilikka taqdim etilgani esa muallifning zakiyligiga biroz shubha paydo qilmoqda, xolos”, — deyiladi kengash munosabatida.

    Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Oliy sud masʼuli murojaatchiga javob xati yozib, 12 yil avval vafot etgan fuqaro qamoqdaligiga ishora qilgandi.

    29.12.2023, 16:53   Izoh (0)   20110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda aka-uka YPX avtomobilini to‘xtatib, uning kalitini olmoqchi bo‘ldi (video)

    29.12.2023, 09:49

    Toshkent viloyatida sud 4 yil oldin vafot etgan marhumni jarimaga tortdi

    29.12.2023, 12:25

    O‘zbekistonda 2024-yil 1-apreldan ayrim yolg‘iz keksalar uchun poyezdga bepul chiptalar ajratiladi

    29.12.2023, 12:55

    Eng ko‘pi Samarqandda. Bu yil hududlarda qancha gaz va “svet” o‘g‘irlandi?

    29.12.2023, 14:15

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan Yangi yildan keyin amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi

    29.12.2023, 16:12

    Toshkent—Buxoro yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi temiryo‘l xodimini urib ketdi

    29.12.2023, 15:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.