Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2024-yil 3-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 14,09 so‘mga ko‘tarilib, 12 352,86 so‘m bo‘ldi. Yevro 83,14 so‘mga pastlab, 13 648,68 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,16 so‘mga oshib, 137,52 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 12 338,77 so‘m bo‘lgandi. Rubl va yevro kursi ko‘tarilgandi.
Izoh (0)