Toshkent viloyati Chirchiq shahrida sud bundan 4 yil avval vafot etgan fuqaroni jarimaga tortdi. Bu haqda Inson huquqlari ezgulik jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sud qarorida Chirchiq sudi sudyasi R. 4 yil avval olamdan o‘tgan odam — Abdukarim Mannonovga jarima belgilab, unga majburiyatlar yuklagan.
“Bu shu yilning avgustida bo‘lgan voqea, eski yilda qolsin, dedim. Ammo har safar bunaqangi qovunlar haqida yozganimizda Oliy sud va Sudyalar oliy kengashining mutafakkir rahbarlari peshonasi tirisharkan — muammo ijobiy hal bo‘lmaydi”, — deb yozadi Tashanov.
Ushbu sud qarorini qanday qilib ijro etish mumkin? Bu anglashilmovchilikmi yoki masʼuliyatsizlik?
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev ham mazkur holatga e’tibor qaratdi. “Ushbu sud qarorini qanday qilib ijro etish mumkin? Bu anglashilmovchilikmi yoki masʼuliyatsizlik?”, deb yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Oliy sud masʼuli murojaatchiga javob xati yozib, 12 yil avval vafot etgan fuqaro qamoqdaligiga ishora qilgandi.
Izoh (0)