Toshkent shahridagi maktab hududida erkak kishining jasadi topilgani haqida xabar berilgandi. “Zamon” dasturida mazkur holat yuzasidan yangi tafsilotlar ochiqlandi.
Xabar berilishicha, marhum oilada 6 farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan. Boquvchisi tashlab ketgan ayol 5 o‘g‘ilni o‘zi tarbiya qilib kelgan, bir qizini turmushga bergan.
“Uy-joyga muhtoj edi. O‘z joniga qasd qilgan o‘g‘li 31 yoshda bo‘lgan, biroq uylantirishga uyi bo‘lmagan. Farzandlari ishsiz yurar edi. Bu bola bozorda qassoblik qilardi. Yaxshi bola edi. Lekin onasi kelib, o‘g‘lining ruhiy holatida o‘zgarishlar bo‘layotganini aytgandi. Kecha onasi qarindoshinikiga ketgan bo‘lgan. Onasining ketganidan foydalangan, menimcha. O‘zi ruhiy holati yaxshi emasdi”, — deydi marhum yashagan mahalla masʼul xodimi.
Yigitning ukasi esa akasi so‘nggi paytlarda shaxsiy hayotidagi bir necha noxush voqea sabab kuchli stressda bo'lganini aytgan.
“O‘zlarini bir necha marotaba o‘ldirishga harakat qilgan. Yaxshi ko‘rgan qizi agar yigit unga uylanmasa, boshqasiga tegishini aytgan va turmushga chiqqan. Siqilib yurgan edilar. Kecha menga aylanib kelaman deb chiqib ketgandi”, — deydi marhumning ukasi.
Qayd etilishicha, oila to‘liqsiz bo‘lgan, yaʼni ota-ona bolalari yoshligidayoq ajrashgan. Bu oilaning boshi hozirda mashhur aktyorlardan biri. Lekin baʼzi sabablarga ko‘ra, uning shaxsi ochiqlanmasligi taʼkidlangan.
Holat bo‘yicha hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)