Andijon viloyati Izboskan tumanida ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini sotayotgan Captiva haydovchisi ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xabar berilishicha, holat IIV, Andijon viloyati IIB TQX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida aniqlangan. 1987-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan I.M boshqaruvidagi Captivaʼsida Andijon viloyatining Izboskan tumani “To‘rtko‘l” MFY hududiga kelib, aylanma yo‘llar orqali respublika hududiga noqonuniy olib kirilgan ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.
Ushbu pirotexnika vositalari daliliy ashyo tariqasida olinib, Andijon viloyati bojxona boshqarmasiga topshirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)