Yangi yil bayrami yaqinlashgani sayin oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab bir necha baravarga oshadi. Shundan kelib chiqib narx-navo biroz ko‘tarilishi mumkin. Bayramoldi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini bilish maqsadida “Daryo” muxbiri Toshkent shahridagi “Farhod” dehqon bozoridan reportaj tayyorladi.
Dastlab bozor ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan “Elga xizmat” rastalaridagi arzonlashtirilgan mahsulotlar narxi bilan tanishdik. Kutilganidek, bu yerda narxlar ancha arzon. Buni bozor ma’muriyati sotuvchi-tadbirkorlar patta puli va shu kabi boshqa barcha to‘lovlardan ozod etilgani bilan izohladi.
Odatiy rastalardagi narxlar “Elga xizmat”dagiga nisbatan biroz qimmatligiga guvoh bo‘ldik. Boisi taklif etilayotgan tovarlarning turi va sifati o‘rtasidagi farq sezilarli darajada yuqori.
Izoh (0)