Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainadan kelgan noma’lum obyekt tufayli harbiy rahbariyat bilan shoshilinch uchrashuv tayinladi.
Prezident saytida yozilishicha, Anjey Duda milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosiniyak-Kamish bilan telefon orqali gaplashgan.
“Bugun Milliy xavfsizlik byurosida mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) vazir Kosiniyak Kamish, Bosh shtab boshlig‘i Veslav Kukula, Qurolli kuchlar tezkor qo‘mondoni Machi Klish bilan shoshilinch uchrashuv bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Polsha Qurolli kuchlari tezkor qo‘mondonligi 29-dekabr kuni ertalab Ukraina hududidan Polsha havo hududiga noma’lum obyekt kirib kelgani haqida xabar bergandi. Unga havo mudofaa tizimi hamrohlik qilgan, keyin u radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Izoh (0)