Polsha prezidenti Anjey Dudaning idorasiga tegishli mashinalardan birida kuzatuv datchigi topildi, deb xabar bermoqda TVN24 Davlat xavfsizlik xizmati xodimiga tayanib.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, datchik avtomobillarda portlovchi moddalar bor-yo‘qligini rejali tekshirish vaqtida aniqlangan.
“Aftidan, mashina bir necha oydan beri shu datchik bilan yurgan bo‘lishi mumkin, u prezident kortejiga bir necha bor kiritilgan, shu jumladan prezidentning Ukrainaga safari paytida ham”, — dedi telekanal suhbatdoshi.
Datchikni limuzinga kim va qachon o‘rnatgani hali noma’lum. Ichki xavfsizlik agentligi tergov olib bormoqda. TVN24 ning aniqlik kiritishicha, prezidentning o‘zi bu mashinadan foydalanmagan.
Prezident idorasi, Davlat xavfsizlik xizmati va ichki xavfsizlik agentligi vakillari TVN24 telekanalining savollariga javob bermadi.
Izoh (0)