Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida bugun, 28-dekabr kuni 13:00 da Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Marosimda “Navbahor” sport direktori Abdumalik Umrzoqov, “Nasaf” xalqaro aloqalar va litsenziyalash bo‘limi mutaxassisi Qobiljon Shodmonov hamda “Nasaf” sport direktori Botir Qorayev ishtirok etadi.
Qur’adan avval jamoalar 2 ta savatga ajaratiladi:
*guruh g‘oliblari (5ta);
*guruhdagi eng yaxshi ikkinchi jamoalar (3ta).
Qur’a marosimi boshlanishida savatlardagi jamoalar sonini tenglashtirish uchun 1-savatdan 1 ta istalgan sharcha tortilib, 2-savatga solinadi.
Nimchorak finalda guruh bosqichida o‘zaro raqib bo‘lgan jamoalar to‘qnash kelmaydi. Ya’ni “Al-Hilol” — “Navbahor” qarama-qarshiligini ko’rmaymiz.
2-savatchadagi jamoalar nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlarini o‘z maydonlarida qabul qilishadi. Mazkur bahslar 12-13-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Qur’adan so‘ng OFK qarorgohida OCHL pley-off bosqichi ishtirokchi klublari vakillari uchun seminar ham tashkil etiladi va unda navbatdagi bosqichning tashkiliy masalalari hamda ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan ma’lumot berilishi rejalashtirilgan
Izoh (0)