Andrey Shevchenko Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidentligi uchun yagona nomzod bo‘lib turibdi.
47 yoshli mutaxassis nomzodini tashkilot prezidentligiga nomzodlarni ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan Ukraina futbol assotsiatsiyasining barcha a’zolari qo‘llab-quvvatladi.
Assotsiatsiyaning ishchi guruhi 2004-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan “Milan” va Ukraina terma jamoasining sobiq hujumchisi nomzodi zarur talab va mezonlarga javob beradi, degan xulosaga keldi.
2024-yil 25-yanvarida tergov izolyatorida saqlanayotgan Andrey Pavelko o‘rniga tashkilotning yangi prezidenti saylanadigan assotsiatsiyaning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)