Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, “Nasaf” “Al-Ayn”ga qarshi bahs olib boradi. Namanganning “Navbahor” jamoasi esa “Al-Ittihod”ga qarshi maydonga tushadi. Shu tariqa, Karim Benzema ikkinchi bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Qur’a natijalari bilan tanishing:
“Nasaf” — “Al-Ayn”
“Al-Fayha” — “An-Nassr”
“Sepaxon” — “Al-Hilol”
“Navbahor” — “Al-Ittihod”
Nimchorak final bahslari 12—13-fevral va 19—20-fevral sanalarida bo‘lib o‘tadi.
Shu tariqa “Nasaf” — “Al-Ayn” juftligi g‘olibi “Al-Fayha” — “An-Nassr” juftligida g‘alaba qozongan jamoaga qarshi bahs olib boradi.
“Sepaxon” va “Al-Hilol” o‘rtasidagi bahsda zafar quchgan jamoa “Navbahor” — “Al-Ittihod” juftligidagi g‘olibga qarshi o‘ynaydi.
Izoh (0)