“Uyda yolg‘iz-2” filmida Kevin Makkallister rojdestvo bayramida yana bir marta Garri va Marvinning adabini bergan hashamatli uy sotuvga qo‘yildi. Uy Manhettenning Upper West Side qismida joylashgan.
![](/static/2023/12/26/photo_1_2023-12-26_19-24-37-FfwvFa2l.jpg)
Uy to‘rtta yotoqxona, kaminli mehmonxona, shaxsiy ofis, bog‘ tomonga qaragan oynali ochiladigan devor, to‘rtta hammom, terrasa va bir qancha xonalardan iborat.
“Film chiqqaniga 30-yildan ortiq bo‘lishiga qaramay, uy egalari hanuzgacha butun dunyo bolalaridan Kevin uchun xatlar oladi, uy oldida rasmga tushadi”, — dedi kuchmas mulk agenti.
![](/static/2023/12/26/photo_2_2023-12-26_19-24-37-kkuRKazA.jpg)
Film orqali tanish bo‘lgan mashhur va hashamatli uy yangi egasi uchun 6,7 million dollarga tushishi aytildi.
Izoh (0)