The New York Times jurnalisti “Uyda yolg‘iz” filmidagi oila qancha boylikka ega bo‘lganligini bilish uchun Federal zaxira tizimi bilan bog‘langan.
Xulosalar amerikaliklarning faqat bir foizigina bunday uyga egalik qila olishini ko‘rsatdi.
Filmdagi uy haqiqiy bo‘lib, Chikagodan uncha uzoq bo‘lmagan Amerikaning ega qimmat hududlaridan birida joylashgan. 2022-yilning o‘rtalarida shunday ko‘rinishga ega uyni taxminan 2,4 million dollarga sotib olish mumkin bo‘lgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 1990-yillarning boshida, ya’ni film ekranga chiqqan paytda bunday ko‘rinishga ega uyni 300 ming dollar atrofidagi summaga sotib olish mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari, Makkallisterlarning bashang kiyingani, furgonni ijaraga olgani, samolyotga birinchi klassdan bilet olganligi qahramonlarning boy turmush tarzidan darak beradi.
Kartina dekoratorining so‘zlariga ko‘ra, uy qimmat mebellar bilan jihozlanmagan, lekin ataylab dabdabali va hasham ko‘rinishga keltirilgan. Bu Kevinning uyi abadiy qolish g‘oyasi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Uyda yolg‘iz” filmi 1990-yilda ekranga chiqarilgan. Film Amerika tarixida rojdestvo haqidagi eng ko‘p daromad keltirgan kartinaga aylangan va “Oskar”, “Oltin globus” kabi nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)