“Tolibon” hukumati transport vaziri Hamidulla Oxundzoda boshchiligidagi delegatsiya 26-dekabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurganini ma’lum qildi. Bu haqda Afg‘oniston ovozi axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, delegatsiya O‘zbekiston transport vaziri bilan ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. “Tolibon” transport vaziri ushbu safar davomida O‘zbekiston Aviatsiya departamenti mutasaddilari bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.
Yaqinda O‘zbekiston transport vaziri ham turli rasmiylardan iborat delegatsiya tarkibida Kobulga kelgan edi. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda “Tolibon” hukumati va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar kengayib, har ikki tomon delegatsiyalari Kobul va Toshkentga safar qilib, turli sohalarda hamkorlik memorandumlari imzoladi.
Izoh (0)