O‘zbekistondan Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi bo‘yicha shartnoma uzaytirildi, deb xabar bermoqda Tasnim.
Afg‘oniston elektr kompaniyasi mamlakatga O‘zbekistondan elektr energiyasi importi bo‘yicha shartnoma uzaytirilganini maʼlum qildi. Shartnoma “Tolibon” harakatining elektr energetikasi bo‘yicha boshlig‘i Muhammad Hanif Hamzaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan.
“Tolibon” rasmiylari O‘zbekiston energetika vaziri Mirzamuhammadov Jo‘rabek bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda elektr energiyasi darajasini oshirish, tariflarni pasaytirish, elektr taʼminoti korxonasi xodimlarining viza muammolarini hal qilish hamda Sarxon Polxumri elektr energiyasi loyihasini muhokama qilgan.
Izoh (0)