• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DXX O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming dollarni noqonuniy ravishda o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslarni ushladi (video)

    Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri, Andijon va Namangan viloyatlaridagi yirik savdogar va tadbirkorlarning juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutalarini aylanma yo‘llar orqali Qirg‘izistonga o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.

    Kadr: Telegram

    Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1998 va 2002-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs 2023-yilning may oyida Toshkent shahrida juda ko‘p miqdordagi chet el valyutalarini qabul qilib olib, ularni jinoiy sheriklariga yetkazish uchun Farg‘ona viloyati tomon yo‘l olgan.

    Yozyovon tumani hududida ular ushbu xorijiy valyutalarni Qirg‘izistonga bojxona nazoratini chetlab, o‘tkazishi kerak bo‘lgan Quvasoy shahrida yashovchi 24 yoshli fuqaro bilan uchrashgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

    Ular harakatlanib kelgan Spark rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida 4 dona qora rangli polietilen paketlarga o‘ralib, skotch bilan mahkamlangan jami 590 ming 945 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

    Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruh yetakchisi bo‘lgan Quvasoy shahrida yashovchi 42 yoshli shaxs ham qo‘lga olingan.

    Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasining (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

    Natijada, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi tomonidan ushbu shaxslarning ikki nafariga nisbatan 5 yil, qolgan ikki nafariga nisbatan esa 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olingan pullar va Spark rusumli avtomashina davlat egaligiga o‘tkazilgan.

    26.12.2023, 11:14   Izoh (0)   6923
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda salkam yarim kilo sof quyma oltin bo‘laklarini sotishga uringanlar ushlandi 

    08.08.2023, 15:10

    Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlarida noqonuniy valyuta savdolariga chek qo‘yildi 

    10.08.2023, 14:46

    Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida noqonuniy valyuta savdolariga chek qo‘yildi 

    17.11.2023, 11:13

    Samarqandda yana noqonuniy mayning ferma aniqlandi

    26.12.2023, 10:40

    Qoraqalpog‘istonda 2,5 ming dollar evaziga besh kishiga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    26.12.2023, 10:14

    Buxoroda aholiga imtiyozli narxda sotilishi kerak bo‘lgan 800 tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilindi

    26.12.2023, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:09

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58

    Qozog‘iston aholi jon boshiga YIMda Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

    Dunyo | 15 avgust, 09:56

    Konor Makgregor UFC ro‘yxatidan o‘chirilgani rad etildi

    Sport | 15 avgust, 09:55

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim oilalarga ichimlik suvi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.