• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mediapark servis xizmati yo‘q televizor sotmoqda. Bu xaridorni aldashmi yoki ustidan kulish?

    Jurnalist hamkasblarimizdan biri poytaxtdagi Mediapark do‘konidan televizor sotib olib, g‘aroyib sarguzashtlarga duch keldi. Ushbu holat har bir iste’molchini ogohlikka, xarid qilmoqchi bo‘lgan texnikalariga nisbatan e’tiborli bo‘lishga chorlaydi.

    O‘tgan yilning noyabr oyida futbol bo‘yicha jahon chempionati oldidan Toshkentning Qoratosh mavzesidagi Mediapark do‘konidan Samsung — The Serif nomli televizorni  xarid qildim. Narxi jussasiga nisbatan ancha qimmat bo‘lsa-da, (televizor diagonali — 43, narxi — 15 million so‘m atrofida) sifatli tovar olayotganimdan mamnun edim.

    Aytishim kerak, televizor sifati chindan ham yomon emas, har holda, o‘tgan bir yil ichida unga nisbatan hech qanday e’tiroz tug‘ilmadi. Ammo bir necha oy oldin televizor pultining pastga bosiladigan tugmasi o‘z-o‘zidan ishdan chiqdi-yu, ortidan qiziq voqealarni keltirib chiqardi.

    “Muhr — ko‘chaniki”

    Avvaliga pultni olib, uni sotib olgan do‘konim — Mediapark’ka bordim. Sotuvchining do‘konga emas, Samsung rasmiy servis markaziga murojaat qilishim kerakligi haqidagi tavsiyasidan so‘ng, muhr o‘rtasida ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qildim, biroq bog‘lanishga bo‘lgan barcha harakatlarim zoye ketdi. Shundan so‘ng internetdan kompaniyaning Chilonzor tumanidagi rasmiy servis xizmati raqamini izlab topdim.

    Servis mutaxassisi televizorning orqa tomonida joylashgan shtrix kod va kafolat talonini suratga tushirib yuborishimni so‘radi. Yubordim. Ulardan kelgan javob esa meni hayratda qoldirdi:

    — Siz bu televizorni ko‘chadan (norasmiy do‘konlardan demoqchi, izoh — muallifniki) xarid qildingizmi?

    — Yo‘q, Mediapark’dan.

    — Qiziq. Bu televizor O‘zbekiston uchun norasmiy hisoblanadi. Shuning uchun biz bu mahsulot uchun kafolatli bepul servis xizmatini ko‘rsata olmaymiz. Televizor Vengriyada ishlab chiqarilgan va u Vengriya uchun rasmiy hisoblanadi.

    — Axir kafolat talonida sizning muhringiz turibdi-ku?

    — Bu muhr bizniki emas. Buni odatda televizor oldi-sotdisi bilan norasmiy shug‘ullanuvchi tadbirkorlar qo‘yadi.

    Foto: Televizor shrtix kodi va kafolat taloni

    Qiziq holat, shunday emasmi?

    “Sizga yangi pult beramiz”

    Xayolimga kelgan birinchi fikr shu bo‘ldiki, bu yerda qandaydir tushunmovchilik bor. Mediapark’dek o‘zini hurmat qiladigan do‘kon O‘zbekistonga norasmiy (balki, noqonuniy hamdir, ammo hozircha aniq fakt yo‘qligi uchun servis xodimining ta’biri bilan, shunday atay qolaylik) televizor olib kirishi, uni xaridorga sotishi, ustiga ustak, servis xizmatining muhrini soxtalashtirishi mumkin emasdek tuyuldi.

    Shu umidda do‘konning sotuv bo‘limiga murojaat qildim. Uzoq urinishlardan so‘ng Mirza aka ismli xodim men bilan bog‘landi va menga yangi pult olib berishlarini, uni do‘kondan olib ketishim mumkinligini bildirdi. Tabiiyki, men bu taklifni rad etdim va menga servis xizmati ko‘rsatilmaydigan, O‘zbekiston uchun norasmiy televizor nega sotilganini tushuntirib berishlarini so‘radim. Mirza aka voqeani aniqlab, keyin albatta telefon qilishga va’da berdi. Ammo u, kutilganidek, qo‘ng‘iroq qilmadi. Savol esa ochiq qoldi.

    “Televizor O‘zbekistonga rasmiy olib kirilmagan”

    Oradan bir necha kun o‘tgach, servis markaz ofisiga borib, ulardan videointervyu oldik. Ular intervyuda yuqoridagi gaplarni yana takrorlashdi. Eng qizig‘i, servis mutaxassisining ta’kidlashicha, ushbu televizor O‘zbekistonga rasmiy tarzda olib kirilmagan.

    “Mijoz Samsung televizorini xarid qilgandan so‘ng, biz unga 2 yil davomida bepul servis xizmatini ko‘rsatishimiz kerak. Ammo bu holatda biz mijozga rad javobini berishga majbur bo‘ldik. Chunki ushbu televizor O‘zbekiston hududiga rasman olib kelinmagan. Kafolat taloniga qo‘yilgan muhr ham bizniki emas. Buni odatda ko‘chadagi do‘konlar ishlatadi. Savdo markazlari esa, qonunga binoan, kafolat taloniga o‘zining yuridik muhrini bosishi lozim edi”, — deydi “Samsung nano master” servis markazi ma’muri Mariya Guryanova.

    Servis xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hududida faqatgina Rossiya va Vyetnamdan olib kelingan televizorlar rasmiy hisoblanadi. 

    Televizorning “arxivdagi hujjati”

    Shundan so‘ng Mediapark do‘koniga yana murojaat qildim. Bu yerda bizni o‘zini do‘kon direktori deya tanishtirgan Muzaffar aka qarshi oldi. Direktor dastlab muhr bizniki, degan bo‘lsa-da, keyinchalik muhr “Samsung servisiga tegishli” ekani aytildi.

    “Bu televizor rasmiy olib kirilgan. Unga oid barcha ma’lumotlar arxivda saqlanadi, shu bois biz uni sizga ko‘rsata olmaymiz. Servis markazi nima uchun televizorga servis xizmati ko‘rsatmayotganidan hayronmiz”.

    Oradan deyarli ikki hafta o‘tgach, do‘kon huquqshunosi men bilan telefon orqali bog‘landi va  hujjatlar tayyor ekanini ma’lum qildi. Do‘kon ma’muriyati yozgan xatda aytilishicha, televizorni Samsung mahsulotlarini rasman olib kirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot yetkazib bergan.

    “Televizor Samsung kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasiga sotgan rasmiy mahsuloti hisoblanadi va kafolat talonida belgilangan muddatda va shartlarda servis xizmati ko‘rsatilishi kafolatlanadi”, — deb yozilgan xatda.

    Mediapark izohi

    Qiziq, televizor chindan ham qonuniy olib kirilgan va ushbu televizor uchun servis xizmati kafolatlangan bo‘lsa, nega menga bu xizmatdan bosh tortishyapti?

    Shundan so‘ng, balki muammo servis markazidadir, degan fikr paydo bo‘ldi. Endi kompaniyaning boshqa  — Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlaridagi filiallari bilan bog‘landim. Ammo ular ham xuddi Chilonzor filiali aytgan fikrni bildirdilar — televizor O‘zbekiston hududi uchun norasmiy hisoblanadi va unga nisbatan kafolatli servis xizmati ko‘rsatilmaydi.

    Samsung servis markazi yuborgan akt

    Kim aybdor?

    Maqola tayyorlanib, e’lon qilinishi arafasida servis mutaxassislari menga aloqaga chiqdi va yangi pult zakaz qilishlarini ma’lum qilishdi. Aytishlaricha, ularga Samsung kompaniyasidan shunday topshiriq bo‘lgan. Ammo bu — Mediapark o‘z xaridorlariga noqonuniy (Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, kafolatli servis xizmati ko‘rsatilmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi) televizorlar sotayotganini inkor qilmaydi.

    Men, albatta, Mediapark yoki servis markazi taklif etayotgan pultni qabul qilishim va mavzuga shu yerda nuqta qo‘yilishi mumkin edi. Ammo Mediapark va unga o‘xshash maishiy texnika sotuvchi do‘konlar yana xaridorlarni chuv tushirmasligidan ogohlantirish uchun ham ularning bu xizmatidan voz kechdim. Axir balki o‘nlab, yuzlab, hattoki minglab xaridorlar servis xizmatidan mosuvo, mamlakatimiz hududiga noqonuniy kirib kelgan texnikalarni sotib olgan va bu davom etayotgan bo‘lishi mumkin. Televizor O‘zbekistonga qonuniy olib kirilgan taqdirda ham, servis xizmati ko‘rsatilmaydigan mahsulotni sotishga hech kim haqli emas. Bu — iste’molchilar huquqiga tupurishning o‘zginasi.

    Yakuniy xulosani iste’molchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qoldiraman. Ishonamanki, ular bu ko‘zbo‘yamachilik ortidagi noqonuniy harakatlarni fosh etadi va iste’molchilar huquqi ishonchli qo‘llarda ekanini isbotlaydi. Ayb televizorni olib kirgan tadbirkordami, uni xaridorga sotgan Mediapark’dami, servis xizmatidan bo‘yin tovlayotgan Samsung’dami, albatta, aniqlanadi. Kafolat taloniga qo‘yilgan va hech kim tan olmayotgan muhr ham nihoyat egasini topadi va bunga huquqiy baho beriladi.

    Iste’molchilarni esa sotib olmoqchi bo‘lgan mahsulotlarini sinchiklab tekshirish, uning kafolatli servis xizmatlari borligiga ishonch hosil qilish va shundan keyingina xarid qilishga chaqiraman. Pulingizni ehtiyot qiling!

    21.12.2023, 20:11   Izoh (0)   11932
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi 

    21.12.2023, 19:45

    Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

    21.12.2023, 19:15

    “Bunaqalarga rasmiy javob berish shart”, “Sovetparast chet elliklar ro‘yxati shakllantirilishi kerak”: Jamoatchilik Zaxar Prilepinga javob qaytardi

    21.12.2023, 18:41

    Avtomobillar, kitoblar va smartfonlar: Uzum Market o‘zbekistonliklar yaqinlariga Yangi yilga nima berishni rejalashtirayotganini aniqladi

    21.12.2023, 18:00

    “Yuksalish” harakati raisi rus yozuvchisining O‘zbekistonni bosib olish tahdidiga javob qaytardi 

    21.12.2023, 17:20

    Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

    21.12.2023, 17:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.