• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Homiladorlar ham zinadan chiqib-tushishga majbur”. Termizliklar foydalanishga topshirilgan 7 qavatli “dom”da lift yo‘qligidan shikoyat qilmoqda

    Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi aholi vakillari “Daryo”ga murojaat qilib, 2021-yil foydalanishga topshirilgan uy yashash uchun talabga javob bermasligi, kamchiliklari bartaraf etilmaganidan shikoyat qildi. 

    Bizning “dom”imizda topshirilganidan beri lifti yo‘q. Ikki yil oldin aholi yashay boshlagan “dom”da “svet”ga hisoblagich qo‘yilmagan. Romlari talabga javob bermaydi. Bu muammolar haqida quruvchilarga aytishdan charchadik. Kimga murojaat qilishni bilmay, videomurojaat qila boshladik, — deydi ko‘p qavatli uyda yashovchi Sabohat Abdimurodova. 
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilarning bildirishicha, odamlar e’tiroziga sabab bo‘layotgan uy Guber Global Consructions MCHJ tomonidan barpo etilgan bo‘lib, tashkilot mas’uli Komil Saydaliyev hisoblanadi. 

    Foto: “Daryo”
    Bu uyni Komil aka degan kishi qurgan. Lekin u odam bilan ko‘rishmaganmiz. Telefonda gaplashganmiz. Deyarli telefoniga javob bermaydigan kishi. Ukasi Faxriddin bilan ko‘rishganmiz. Ko‘p ishni shu Faxriddin aka hal qiladi. Komil aka esa Toshkentda yashaydi, — deydi muammolarini hech kim eshitmayotganini aytayotgan aholi vakillari. 
    Foto: “Daryo”

    Shikoyatchilar Termiz shahrining ob-havosi changli ekanini, har ikki kunda bo‘ladigan changli havo sabab xonadonlari changga to‘lishini aytmoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Termizdagi changli havoda uyimiz qumga to‘ladi. Sababi quruvchi qo‘yib bergan deraza romlari sifatsiz, talabga javob bermaydi. Yoki bo‘lmasa qurilish paytida deraza o‘lchamlari to‘g‘ri olinmagan va shunga yarasha romlar o‘rnatilmagan, — deydi aholi vakillari.

    Shu uyda yashovchi yana bir fuqaro Muborak Bovulovaning bildirishicha, 2021-yil aholiga topshirilgan uyning kamchiliklari ko‘p bo‘lgan. 

    Foto: “Daryo”
    Bizga “dom”ni topshirishda uyning kadastr hujjati qilinishi kerak edi, elektr toki va gazning hisoblagichi o‘rnatilishi lozim edi. Ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmog‘i tayyor bo‘lishi, bolalar o‘yingohi qurib bitkazilishi kerak bo‘lgan. Ammo bularning hammasi qilinmay qoldi. Faqat kanalizatsiya tarmog‘i bor, xolos, — deydi Muborak opa. 

    Muborak opaning aytishicha, aholi vakillari bu masala yuzasidan viloyat hokimligiga ham shikoyat qilgan.

    Viloyat hokimiga ham shikoyat qilib bordik. Biz hokim qabuliga borganimizda viloyat hokimi chet el safariga ketgan ekan. Ishimiz bitmadi. Elektr tarmoqdagilar esa har kuni kelib, bizning “svet”mizni o‘chirib ketishadi. Sababini so‘rasak, sizlarda elektr toki hisoblagichi o‘rnatilmagan deyishadi, — deydi murojaatchi Marhabo Nazarova. 
    Foto: “Daryo”

    Aholining qo‘shimcha qilishicha, ko‘p qavatli uyda elektr toki takroran uzilavergach, odamlar viloyat prokuraturasi va shahar prokuraturasiga shikoyat qilgan. 

    Shu uyda yashovchi Gavhar Karimovaning aytishicha, ko‘p qavatli uyda lift bo‘lmagani homilador ayollar, keksa yoshdagi kishilarning uyiga kirib-chiqishiga qiyinchilik tug‘dirmoqda. 

    Murojaatchilardan yana biri Latofat Jalilovaning bildirishicha, quruvchiga liftni qo‘yib berish haqidagi barcha so‘rovlar natijasiz qolgan, quruvchi har safar liftni o‘rnatib beramiz, deyishdan nariga o‘tmagan. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Homilador ayollar to‘qqiz oy shu liftsiz uyga zinadan kirib-chiqib, farzandli ham bo‘ldi. Lekin hamon liftdan darak yo‘q. Har safar mehmon kelsa, yoki keksa yoshdagi yaqinlarimiz kelsa, uyga kirib-chiqishda qiyinchilikka uchraydi. Bizning asosiy muammomiz bo‘lgan liftni qo‘yib berishlarini talab qilamiz. Shuningdek, domofon ham o‘rnatilmagan. Eshiklar ochiq qolib ketadi. Bo‘yi yetgan qizlarimiz bor, uyga har kim kirib-chiqishidan qo‘rqamiz, — deydi Latofat Jalilova. 

    Guber Global Consructions MCHJda ish boshqaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Faxriddin Saydaliyev “Daryo” jurnalistining bu haqdagi savollariga javob berar ekan, 2021-yilda foydalanishga topshirilgan yangi ko‘p qavatli uyda ayni kungacha 9 ta kamchilik bo‘lganini tan oldi.

    Shu kungacha mablag‘ bilan bog‘liq muammolar sabab ko‘p qavatli uyimizda 9 ta kamchilik bor edi. Bular bolalar o‘yingohi qurilmagani, lift va domofon o‘rnatilmagani, sovg‘a sifatida berilayotgan konditsionerlarni o‘rnatish to‘liq yakunlanmagani, shuningdek, elektr toki va gazga hisoblagich o‘rnatilmagani edi. Lekin kuni kecha rahbarimiz Komil aka aholi bilan uchrashib, muloqot qildi. Muammolar tez kunda yakun topishini ma’lum qildi, — deydi qurilish tashkiloti mas’uli. 
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Faxriddin Saydaliyevga ko‘ra, 7 qavatli 54 ta xonadondan iborat uy yaqiniga chiqindixona qurilgan. Odamlarga va’da qilingan konditsionerlar o‘rnatib berilgan. 

    Har bir uy olgan odamga konditsioner sovg‘a qilishni va’da qilgandik. Va’daga ko‘ra, 54 ta xonadonning 46 tasiga konditsioner o‘rnatdik. 8 ta xonadonga konditsioner o‘rnatish ishlari qoldi. Shuningdek, suv chiqardik. Bolalar o‘yingohini qurdik. Gaz hisoblagichi barcha xonadonlarga o‘rnatildi. Elektr toki bo‘yicha esa 44 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatilgan. Qolgan xonadonlarga ham asta-sekin o‘rnatyapmiz, — deydi mas’ul. 
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi mas’ullari bilan bog‘lanib, aholi shikoyatiga sabab bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot so‘radi. Prokuratura axborot xizmati rahbari Jumanazar Xursanov holat bo‘yicha tahririyatga qo‘shimcha axborot berilishini bildirdi.

    19.12.2023, 21:25   Izoh (0)   15531
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo hokimi buzilayotgan uy ichidan baqirayotgan bolalar bilan bog‘liq hodisa qachon va qanday sodir bo‘lganini ma’lum qildi

    04.08.2019, 16:40

    “Ko‘zbo‘yamachilik”. Qashqadaryoda qurilishi boshlab yuborilgan 19 ta uy tender savdosiga qo‘yilib, talabgor quruvchi izlanmoqda

    20.03.2020, 17:02

    Toshkentda uy-joy bilan bog‘liq yana bir firibgarlik: 9 ta xonadon 39 kishiga sotilgani aytilmoqda

    11.09.2023, 22:05

    O‘zbekistonda rejaga nisbatan 107 foiz daraxt ko‘chatlari ekilishi ta’minlandi  

    19.12.2023, 20:45

    “Zakovat” o‘yinining 1- va 2-turidan keyingi natijalar eʼlon qilindi 

    19.12.2023, 19:05

    Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi 

    19.12.2023, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.