Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan erkak qidirilmoqda. Viloyat IIB holat yuzasidan fuqarolarga murojaat qildi.
Maʼlum qilinishicha, Qo‘shtepa tumani “O‘qchi” MFY, Sabo ko‘chasi 5-uyda yashovchi 1982-yil tug‘ilgan Qazaqov Shavkatjon Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, qidirilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxsni ko‘rganlar va biror maʼlumotga ega fuqarolar quyidagi raqamlarga telefon qilishi mumkin: 73-542-12-80, 90-151-09-90, 90-509-43-00.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs haqida xabar bergan fuqarolar to‘g‘risidagi maʼlumotlar sir saqlanadi.
Izoh (0)