Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatda o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5–8-sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.
IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.
Izoh (0)